Amerika Psixoanalitik Assotsiatsiyasi

Amerika Psixoanalitik Assotsiatsiyasi (APsaA) Qoʻshma Shtatlardagi psixoanalitiklar uyushmasi. APsaA taʼlim, tadqiqot va aʼzolikni rivojlantirishga qaratilgan ilmiy va professional tashkilot sifatida xizmat qiladi.[1]

APsaA 34 ta oʻquv instituti[2] va 38 ta filial jamiyatini oʻz ichiga oladi. Psixoanalitik institut yoki jamiyatga aloqasi boʻlmagan individual ruhiy salomatlik amaliyotchilari, akademiklar va tadqiqotchilar assotsiatsiya aʼzolari boʻlishlari mumkin.[3] Assotsiatsiyaning har yili fevral va iyun oylarida oʻtkaziladigan yigʻilishlarida aʼzolar fikrlarini almashish, tadqiqotlarni taqdim etish, oʻqitish va aʼzolik masalalarini muhokama qilish uchun yigʻilishadi. APsaA 3000 dan ortiq aʼzolariga ega, jumladan psixiatrlar, klinik psixologlar, eksperimental psixologlar shuningdek, ijtimoiy soha vakillari va boshqalar.[4]

  1. „APsaA Mission & Vision | APsaA“ (en). www.apsa.org. 2022-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-sentyabr.
  2. „Approved Training Institutes“. Qaraldi: 23-sentabr 2021-yil.
  3. „Associate Programs“. 2022-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-sentyabr.
  4. „APsaA Community Vision“. 2022-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-sentyabr.

© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search